📌Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan 24-O'rtasaroy saylov okrugi deputati Mirbabayeva Gulnora Tillayevna tomonidan "A.Yo'lbarisov" MFY hududidagi 47-umumta'lim maktabining sport zali o'rganildi.
✅O‘rganish jarayonida maktabning sport zallari, mavjud sport anjomlari hamda ularning texnik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport infratuzilmasining bugungi holati, jihozlarning foydalanishga yaroqliligi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilindi.
Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikova
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube