Новости

Последние новости

янв.21
Tanqidiy tahlil va qat'iy talab: Termiz shahar deputatlari faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Sessiya davomida deputatlar tomonidan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning ijrosi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunar, sport, madaniyat va axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga keng jalb etish, shuningdek, mas’ul tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.
янв.21
Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarning amaliy samaradorligi, mablag‘larning maqsadli va oqilona sarflanishi, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish hamda inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasida qizg‘in munozaralar davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Sessiya davomida deputatlar tomonidan jamg‘arma mablag‘larining manzilli va maqsadli yo‘naltirilishi, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda mablag‘lardan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.
янв.21
Sessiya davomida “Ijtimoiy reyestr”ning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ehtiyojmand oilalarga xonadonda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyev hamda tuman Kengashi deputati Y.Jo‘rayev va tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori B.Ismailovlar tomonidan Bo‘ston MFY J.Manguberdi ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaroga tuman Kengashi 28-sessiyasida 1-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan oila xonadonini ta’mirlash hamda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy loyiha uchun ajratilgan mablag‘lar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida xonalarning pol qismi hamda fasad qismi yakuniga yetib qolganligi aniqlandi. Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🔷Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 3