Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosini tuman hududida o‘rganish yuzasidan qaror qabul qilindi.
Mazkur o‘rganishlardan maqsad — aholi,xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilish, mavjud muammo, kamchiliklarni aniqlash, deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.
Qarorga muvofiq:
✅ qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganiladi;
✅ ishchi guruh tarkibi va savolnoma tasdiqlandi;
✅ o‘rganish ishlari 2026-yil 14–15-may kunlari o‘tkaziladi.
O‘rganish natijalari asosida tahliliy ma’lumotlar ishlab chiqilib, tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etiladi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida mazkur masala deputatlar tomonidan ma’qullandi.