🔴Mas’ullar mazkur hududda joylashgan 44-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.
🔴Shuningdek, muassasada qoʻshimcha 180 oʻrinli yangi bino qurish ishlari yuzasidan tizimli nazorat-tahlil tadbirlari amalga oshirildi.
🔴O‘rganish davomida qurilish sifatining amaldagi me’yorlarga mosligi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🔴Bu kabi nazorat tadbirlari tumanda ta’lim infratuzilmasini yaxshilash va yosh avlod uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadiga xizmat qiladi.