Новости

Последние новости

янв.21
Mahalliy Kengashlar va fuqarolik jamiyati: Hamkorlik va nazoratni kuchaytirish
янв.21
“Alpomish” mahallasida tadbirkorlik rivoji: Yangi loyihalar ijrosini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Alpomish” mahallasida boshqaruv tizimi va xodimlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“24 ta muhim yo‘nalish” amalda: "Majnuntol" mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida deputatlar nazorati: “24 ta muhim yo‘nalish” ijrosi amalda!
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Aholi salomatligi — doimiy nazoratda
янв.21
Termiz shahrining "Abdurahmon Jomiy" mahallasi yettiligi faoliyati hamda investitsiya loyihalari o'rganildi
янв.21
"Oila va xotin-qizlar maskani" — oilaviy qadriyatlar va ayolga e'tibor markazi
янв.21
“Turon” mahallasida ko'p qavatli uylar atrofidagi ishlar muhokama qilindi
Sanakulov Umid Quvondiqovich 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sanakulov Umid Quvondiqovich 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sanakulov Umid Quvondiqovich 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi. Uchrashuv Shayxontohur tumanidagi “Ibn-Sino” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga deputat Sanakulov Umid Quvondiqovich, tuman Kengash kotibiyati mudiri N.Karimov, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. 

📝 Deputat U.Sanakulov o‘z axborotida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, fuqarolar qabullari, deputatlik nazorati hamda qonunchilikdagi o‘zgarish, yangiliklar haqida axborot berib o‘tdi. 

👥 Xususan, 2026-yilning birinchi choragida fuqarolarning murojaatlari asosida kiritilgan so‘rovlar va ularning amaliy yechimlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.  

📊 Shuningdek, u Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda tegishli doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha 33-Beltepa saylov okrugidagi 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida zamonaviy bolalar maydonchalarini barpo etish yuzasidan takliflar kiritganini qayd etdi.

📌 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar ko‘rib chiqildi va ayrim muammolar joyida hal etildi. Muammolarning ayrimlari shahar va tuman mutasaddi tashkilotlari bilan bartaraf etilishi belgilandi.

💡 Bundan tashqari, deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta yo‘nilishi yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullarning faoliyati ham muhokama qilindi.

✍️ Yig‘ilish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda ishlar tashkil etilishi, ularning ijrosi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sanakulov Umid Quvondiqovich 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 7