Yurtimiz tinchligi va bugungi osoyishta hayot yo‘lida fidokorona xizmat qilgan barcha urush va mehnat faxriylarini chuqur hurmat va ehtirom bilan muborakbod etamiz.
🕊 Ushbu qutlug‘ sana barchamizni Vatanga sadoqat, ajdodlar xotirasiga hurmat va inson qadri ulug‘ligini yana bir bor anglashga undaydi.
🌺 Barcha yurtdoshlarimizga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlaringizga fayz-u baraka hamda mustahkam sog‘liq tilaymiz.
✨ Xotira abadiy, qadr muqaddas!