Новости

Последние новости

янв.21
Termiz shahar Kengashi kotibiyatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kengash doimiy komissiyasining vakolatlari
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 12-15-may)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-8-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Termiz shahrida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlandi
янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
BIR ASRLIK UMR YO‘LI — PARKENTDA URUSH FAXRIYSIGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida urush va mehnat faxriylarini yo‘qlash, ularga ehtirom va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tadbirlari davom etmoqda. Bugun Toshkent viloyati hokimi, senator Zoyir Mirzayev, tuman hokimi, deputat Elmurod Po‘latov, viloyat Kengashi deputati, senator Maxmud Toir, hamda tuman Kengashi deputatlari Xusnitdin Muxitdinov, Qamariddin Ismailov, Abdulatif Abdullayev va Yulduz Uboydullayevalar Parkent tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 102 yoshli Anorboy ota Jalilov xonadoniga tashrif buyurdilar. Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda
viloyat rahbari Prezidentimizning urush faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng faxriyga davlatimiz rahbari nomidan 30 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, keksalarga ehtirom ko‘rsatish va faxriylarni e’zozlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Xotira va qadrlash kunining umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanayotgani esa Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat hamda bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetishning amaliy ifodasi ekani qayd etildi. Anorboy ota Jalilov 1924-yilda Parkent tumanida tavallud topgan. Ulug‘ Vatan urushi yillarida 2-Belarus fronti safida Ukraina, Polsha va Germaniyani ozod qilish janglarida qatnashgan. Urushdan keyin esa qariyb 30 yil davomida maktabda o‘qituvchilik qilib, ko‘plab shogirdlarga ta’lim-tarbiya berdi. Faxriyning ko‘kragini bezab turgan orden va medallar uning jasorati, matonati va Vatanga sadoqatining yorqin timsolidir.
Anorboy ota bugungi e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbariga hamda xalqimizga samimiy minnatdorlik bildirib, yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun duo qildi. Shuningdek, bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish, Vatanni sevish va uni asrab-avaylash har bir avlodning muqaddas burchi ekanini alohida ta’kidladi. 

Slide 1 of 10