Новости

Последние новости

янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan qahramonlar xotirasi hamisha yodimizda”

9-may Xotira va qadrlash kuni bilan Sharof Rashidov tumanida tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ushbu tadbirda faol ishtirok etib, jamiyatda xotira va qadrlash an’analarini mustahkamlash, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, fidoyilik va ajdodlar xotirasiga hurmat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga alohida urg‘u berishdi. Tadbir davomida deputatlar Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan qahramonlar xotirasiga bag‘ishlangan ramziy yodgorlik majmuasida bo‘lib, unda bitilgan urushda fido bo‘lgan yurtdoshlarimiz yod etildi. Deputatlar ushbu muqaddas maskanda turib, Vatan uchun jonini fido qilgan qahramonlar xotirasi oldida chuqur hurmat bajo keltirdilar. Ularning jasorati va fidoyiligi bugungi tinch hayotimizning mustahkam poydevori ekanligi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 5