Новости

Последние новости

янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
DEPUTATLAR TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich hamda komissiya a’zosi Ismailov Qamariddin Abdurahimovichlar Parkent tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida bo‘lib, tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar samaradorligini oshirish, kartoshka ekinlarini yetishtirish hamda shpaler tizimini joriy etish masalalari yuzasidan tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i O. Xamdamov bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida hududda qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash, hosildorlikni oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ayniqsa, kartoshkachilikni rivojlantirish, yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda bog‘dorchilikda shpaler tizimini keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, deputatlar tomonidan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan ham o‘rganish olib borildi. Jarayonda tumanda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari soni, joriy yilda yangi tashkil etilgan xo‘jaliklar, ular foydalanayotgan yer maydonlari hajmi hamda sohada mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. O‘rganish yakunida sohani yanada rivojlantirish, dehqon xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, qonun ijrosini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 3