Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "20-Xirmontepa" saylov okrugi, O'zbekiston "Adolat" SDP deputati Malikova Saodat Tolipovna tomonidan O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Uchtepa tuman bo‘limi boshlig‘i L.Yusupovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi. 

  ⚠️ Bugungi kunda mahalla hududida jami 108 ta kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan 5 tasi mahalla hududiga kiruvchi asosiy kirish qismida o‘rnatilgan bo‘lib, 108 ta kuzatuv kameralaridan 40 tasi hozirgi kunda ishchi holatida emasligi hamda ko‘p qavatli uylarning orqa qismida video kuzatuv kameralari o‘rnatilmaganligi sababli quyidagi asosiy masalalar so'raldi:

  ✍️ ko‘p qavatli uylarning orqa qismida ham kuzatuv kameralari o‘rnatilishi bo‘yicha reja va manzilli dasturlar mavjudligi;

  ✍️ bugungi kunda ishchi holatda bo‘lmagan video kuzatuv kameralarini ishchi holatga keltirilishi yuzasidan qanday amaliy ishlar olib borilayotganligi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumotlar haqida belgilangan muddatda yozma ravishda asosli javob yuborish so'ralmoqda.

 🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3