Новости

Последние новости

янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
Deputat axboroti

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Ikramova Shoxida Nizamiddin qizi 2026-yilning birinchi choragi yakuni boʻyicha saylovchilarga axborot berdi hamda 92-132-sonli umumta'lim maktablarida ta'lim sohasida olib borilayotgan islohatlarni o'rgandi.

Uchrashuv “Tinchlik” mahalla fuqarolar yigʻini binosida tashkil etildi. Uchrashuvda tuman Kengash Kotibiyati masʼul xodimlari va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Deputat tomonidan uchrashuv davomida 2026-yil birinchi choragida tumanda, mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. 

Xususan, 2026-yil birinch choragida 3 ta aholi bilan uchrashuvlar, 4 ta fuqarolar qabullari, 1 ta ochiq muloqatlar, 2 ta xotin-qizlarni tadbirkorlikga jalb qilish, bandligini ta'minlash ishlari tashkil etilgani hamda aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida tegishli tashkilotlarga 1 ta deputatlik soʻrovi va 1 ta murojaat chiqarilib, muammolarga ijobiy yechim topilgani haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Shuningdek, deputatlik faoilyatining asosiy 24 ta yoʻnalishlar yaʼni, bandlik, sogʻliqni saqlash, soliq, xotin-qizlar, tadbirkorlik va aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar holati yuzasidan tegishli mahalla masʼullari faoliyati ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, deputat va mas'ullar tomonidan 92-132-sonli umumta'lim maktablarida oʻqituvchilarning pedagogik mahorati, oʻquvchilarning bilim darajasi, maktab infratuzilmasi va tarbiyaviy ishlar holati o'rganildi.

O'rganish davomida mahallada ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, maktablarda zamonaviy oʻqitish metodlarini keng foydalanish, oʻqituvchilar malakasini muntazam oshirish, amaliy bilim va koʻnikmalarga eʼtibor qaratish va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi. 

Uchrashuv yakunida deputat Sh.Ikramova fuqarolarning fikr va takliflari juda muhim ekanligi va har bir murojaat eʼtibordan chetda qolmasligi hamda bilimli yoshlar jamiyatimiz taraqqiyotining asosi ekanligini taʼkidlab oʻtdi. 

Slide 1 of 6