Новости

Последние новости

янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
Obod mahalla — shahar ko‘rki: "Abdulla Avloniy" mahallasida bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda
янв.21
Inson qadri uchun: "Yulduz" mahallasida ijtimoiy ko‘mak va amaliy natijalar tahlil qilindi
янв.21
"Shifokor" mahallasida ijtimoiy himoya va hamkorlik: Deputat nazorati amalda
янв.21
Kredit — daromad manbai: "Pattakesar" mahallasida imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA IJTIMOIY KO'MAK - AMALDA!

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F.Sa'dullayeva hamda Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro'ziboyevlar tomonidan Urganch shahar "Olimpiya" mahallasida istiqomat qiluvchi, muqaddam odam savdosi bilan shug'ullanganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan fuqaro bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — jazo muddatini o‘tayotgan fuqaroning qayta jinoyat ko‘chasiga kirmasligi hamda uning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishdir. Suhbat davomida fuqaroning bandligini
ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib, unga bir nechta daromadli ish o‘rinlari taklif etildi:

 · Markaziy dehqon bozoridan savdo qilish uchun rasta ajratish; 

· "Feruz Xorazm" MCHJda 3 000 000 so‘m maoshli ish; 

· "Urganch Bahmal Group" MCHJda 3 000 000 so‘m maoshli ish; 

· "UzTEX" MCHJ korxonasida 4 000 000 so‘m ish haqi taklif qilindi.  

Slide 1 of 3