Новости

Последние новости

янв.21
"Navro‘z" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mas’ullar faoliyati va natijadorlik o‘rganildi
янв.21
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali — Termiz shahar qo‘rg‘oni!
янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
#YoshlarSiyosati #YoshlarMaslahatGuruhi

#YoshlarSiyosati #YoshlarMaslahatGuruhi

Deputat, tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Chorshanbiyeva, tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorov hamda “Aeroport” mahallasining profilaktika inspektori hamkorligida mahallada joylashgan 2-sonli maktabda mahalla faollari, maktab xodimlari va yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 Ushbu tadbirda quyidagi mavzularda suhbatlashildi.

mahalla hududida jamoat tartibini saqlash;

huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan manzilli ishlash;

mahalladagi kriminogen vaziyatni tahlil qilish, huquqbuzarliklarni sodir etish sabablarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish;

qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini ta’minlash;

aholini terrorchilik, ekstremistik va boshqa g‘ayriqonuniy buzg‘unchilik hamda axloqsizlik yo‘nalishidagi oqimlar ta’siridan himoya qilish;

Tadbir yakunida sohani yanada rivojlantirish borasida taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3