Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
#live_doimiy_komissiya_yig‘ilishi

#live_doimiy_komissiya_yig‘ilishi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda shaharda amalga oshirilayotgan islohotlar, boshqaruv samaradorligi va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Jarayonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi ijrosi, Xalq qabulxonasining murojaatlar bilan ishlash holati, shahar hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, deputat so‘rovlari ijrosi, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligi, norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti, ekologik holat va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar chuqur tahlil qilindi.

Shuningdek, 2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha budjet ijrosi, qo‘shimcha budjet manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. PQ-186-sonli qaror asosida bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya ijrosi yuzasidan ham axborot eshitildi. Xalq qabulxonasi bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Kengash tekshiruvini o‘tkazish tartibini belgilash masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan savol-javoblar o‘tkazilib, tanqidiy-tahliliy fikrlar bildirildi, mavjud kamchiliklar ochiq ko‘rsatib o‘tildi hamda mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

Yig‘ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijro intizomini yanada kuchaytirish, har bir yo‘nalishda natijadorlikni oshirish bo‘yicha qat’iy choralar belgilandi.

Yig‘ilish shunday keskin ruhda o‘tdiki, endi har bir sohada faqat so‘z emas, balki aniq natija va real o‘zgarish talab etilishi yana bir bor ta’kidlandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 14