Новости

Последние новости

янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📍 Sherobod tumanida sessiya qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

🗂 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Sherobod tumani bo‘limida bo‘lib, Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining sessiyalarida qabul qilingan qarorlar ijrosi yuzasidan tashkilot rahbari bilan suhbat o‘tkazdi.

🔎 Suhbat davomida qabul qilingan qarorlarning ijro holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📌 Shuningdek, aholiga sifatli ichimlik suvi yetkazib berish tizimini yanada yaxshilash, xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Mazkur uchrashuvlar hududda ijro intizomini mustahkamlash va aholining dolzarb muammolarini samarali hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4