Новости

Последние новости

янв.21
Mustaqil hayot sari ilk qadam: Termiz shaharidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
Faoliyatda samaradorlik va mas’uliyat: Deputatlar ishi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 25-26-may)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 18-23-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Tashabbuskor qizlar — kelajak bunyodkori: Termizda ulkan marafon bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq bilan ochiq muloqot: Muammolar yechimi va manzilli yordam
янв.21
Bolajonlar tabassumi — barchamizning maqsadimiz: 19-sonli DMTTga tashrif
янв.21
Inson qadri uchun: "Jo‘yjangal" mahallasida ijtimoiy ko‘mak masalalari o‘rganildi
янв.21
“Alpomish” mahallasida obodonchilik ishlari nazoratda
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida amaliy natijalar o‘rganildi
Muammolarga yechim — hamkorlikda

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Media-reja ijrosi doirasida olib borgan nazorat-tahlil tadbiri tumandagi 2-sonli umumta'lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifatining baholanishi hamda muassasining qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.

 O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, sinfxonalar holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, xavfsizlik masalalari, shuningdek, pedagog xodimlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

 Ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagoglar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlar davomida o‘quv-tarbiya jarayonining sifati, ta’lim samaradorligini oshirish, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar tinglandi.

 O'rganish yakunida ta'lim muassasalarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.             

Slide 1 of 1