Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 18-22-may)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 11-16-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va kommunal holat nazoratda: “24 ta muhim yo‘nalish” ijrosi amalda
янв.21
Qaror ijrosi amalda: “Abdulla avloniy” mahallasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning harakat xavfsizligi yo‘lida fidoyilik: Ichki ishlar xodimi e’tirof etildi
янв.21
Mehnat va e’tirof: Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari taqdirlandi
янв.21
Bugun Termiz shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma birinchi sessiyasi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma birinchi sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Axborotda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlari samaradorligini oshirish hamda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishida amalga oshirilgan chora-tadbirlar qayd etilmoqda.
2026-yil 5-fevral kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Abduqodirov "Bog'bon" MFY da o'rganishlar olib bordi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 15-Navoiy okrugi deputati Q.Abduqodirov, tuman nuroniylar Kengashi raisi B.Egamberdiyev hamda tuman hokimining o‘rinbosari D.Mavlanova, shuningdek Bog‘bon MFY raisi S.To‘ymurodovalar ishtirokida hududda aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Bog‘bon MFYdagi Bog‘chilar, Mevazor, Yangiavlod, Quruvchilar hamda Ziyolilar ko‘chalarining ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlandi. Mazkur ko‘chalarda yog‘ingarchilik mavsumida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Aholi murojaatlari asosida muammolarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Slide 1 of 4