Новости

Последние новости

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Ikkinchi chaqiriq хalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining birinchi sessiyasi to'grisida

Bugun Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab Yangihayot tuman saylov komissiyasi raisi Djurayev Dilmurod Alibekovichning joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiya kun tartibida xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sessiyada Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Tadjiyev Sanjar Shuhratovich so‘zga chiqib, Toshkent shahar hokimi tomonidan Yangihayot tumani hokimi lavozimiga Inogamov Xayot Ilyasovich nomzodi ko‘rsatilganligini bildirdi. 

Shundan so‘ng Inogamov Xayot Ilyasovich "Yangihayot tumanining 2025-2029-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish" dasturi haqida sessiya qatnashchilariga ma’lumot berdi. 

Deputatlar tomonidan Toshkent shahar hokimining "Inogamov Xayot Ilyasovichni Yangihayot tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida"gi qarori bir ovozdan tasdiqlandi.

Slide 1 of 1