Новости

Последние новости

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida “Darband-Denov” yo‘nalishi bo‘yicha 4R105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 5-70 km qismlarini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. (https://t.me/axborot_xizmati/39614)

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida “Darband-Denov” yo‘nalishi bo‘yicha 4R105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 5-70 km qismlarini rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. (https://t.me/axborot_xizmati/39614) “Lankaran Yol Tikinti” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida umumiy uzunligi 111 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi.

Viloyat rahbari qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, loyiha pudratchilari bilan suhbatlashdi. Davlatimiz Rahbarining vohamizga tashrifida berilgan alohida topshiriqlariga asosan amalga oshirilayotgan loyihani sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga vazifalar yuklandi.

Shundan so‘ng, Sho‘rsoy mahallasida markaziy suv to‘plash va tarqatish inshootida 2 ta rezervuarni rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, shu yerning o‘zida Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi. Mutasaddilar tizimdagi mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha takliflar, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot berdi. 

Ichimlik suvi loyihalarining sifatli amalga oshirilishi bevosita aholi muammolariga yechim ekanligini ta’kidlanib, mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berildi.

Slide 1 of 5