Новости

Последние новости

янв.21
cессия
янв.21
OBODLIK MAHALLADAN BOSHLANADI!
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
https://t.me/Sox_Kengash_kotibiyat/1140
янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
“Deputat kubogi” – yoshlarda birlik va sport ruhi mustahkamlanmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Dusmuratov tashabbusi bilan o‘z okrugiga qarashli Mangitobod, Prchaqara va Parchachandir mahallalari yoshlari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Deputat kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mahallalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqada har bir mahalladan jamoalar ishtirok etib, g‘alaba uchun bor mahoratini namoyon qildi. Maydondagi qizg‘in bahs, murosasiz kurash va chiroyli gol tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Tomoshabin va muxlislar esa yosh futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashdi.

Yakuniy natijaga ko‘ra, eng kuchli jamoa aniqlanib, g‘olib va sovrindor diplom, medal hamda esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi. “Deputat kubogi” bosh sovrini esa musobaqa davomida eng barqaror va jips o‘yin ko‘rsatgan jamoaga topshirildi.

Slide 1 of 4