Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi F.Ruziyev, sektor rahbarlari, mahallaning nuroniy oqsaqollari, usha hudud deputati O.Xolmurodova va keng jamoatchilik ishtirokida Ishtixon tumani “Qirqyigit” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Turon” oilaviy shifokorlik punktining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu OShPlar qariyib 30 ming nafarga yaqin aholiga birlamchi tibbiy sanitariya profilaktik yo‘nalishida tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Jumladan, “Qirqyigit” mahallasidagi “Turon “ OShPda tez yordam shoxobchasi ham mavjud bo‘lib, shoxobcha “Chinortepa” va “Qirqyigit” mahallalari aholisiga tez tibbiy yordam xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.