“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yildagi 2-mavsumida “Yangikent” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Jonrohat-Chillikchi” yo‘lining 3 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizish loyihasi bo‘yicha yutib chiqqandi. Pudratchi tashkilot tomonidan asfalt qoplamasi yotqizish sifatsiz qilib ketilganligi bois Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Raximov tomonidan tegishli tashkilot, korxona rahbarlariga chiqarilgan deputat so‘rovlari natijasi bo‘yicha qayta ta’mirlab berildi.