Новости

Последние новости

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Deputat nizoli oilalarni yarashtirib, jamoada totuvlikni ta'minlamoqda!

Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi 2-Xolvoyi saylov okrugidan saylangan deputat G.Ibragimova o‘z saylov hududidagi fuqarolar muammolariga befarq bo‘lmagan holda, ularni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Yaqinda deputat murakkab vaziyatga tushib qolgan bir oilani yarashtirishga erishdi. Kelin va qaynota-qaynonaning o‘zaro kelishmovchiligi sababli, oila ajralish yoqasiga kelib qolgan edi. Voqeaga befarq bo‘lmagan deputat muammoning tub mohiyatini o‘rganib chiqdi, har ikki tomon bilan alohida suhbatlashdi, murosaga chorlovchi muloqotlar olib bordi. Natijada, kelin o‘z oilasiga qaytdi, oila yana birlashtirildi, bolalar baxtli bo‘lib, ota-onasi bilan birga yashash imkoniga ega bo‘ldi. Deputat nafaqat qonunlar ijrosini ta'minlash, balki insonlar qalbini eshitish, ularning dardiga hamdard bo‘lish orqali chinakam xalq vakili sifatida faoliyat yuritmoqda.

Slide 1 of 1