Новости

Последние новости

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Deputatlar nuroniylar bilan birga

                      Piskentda “Nuroniylar maskani” ochildi

        Piskent tumanida keksalarga munosib shart-sharoit yaratishga qaratilgan “Nuroniylar maskani” tantanali ravishda ochildi.

        Zamonaviy me’moriy uslubda qurilgan mazkur maskanda 50 o‘rinli majlislar zali, tibbiyot va sport xonasi, “Buvijonlar maktabi”, kutubxona va dam olish hududlari mavjud bo‘lib, u 12 188 nafar yoshga doir pensiya oluvchilarning ehtiyojlari inobatga olingan holda tashkil etilgan.

        Ochilish marosimida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev, viloyat jamg‘armasi rahbari Abdusamad Nosirov hamda Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov ishtirok etib, nuroniylarni samimiy tabrikladilar.

       Ular mazkur maskan faqatgina dam olish joyi emas, balki nuroniylar hayotini yanada mazmunli va faol etishga xizmat qilajagini ta’kidladilar. “Nuroniylar maskani” keksalar uchun sukunat, yoshlar uchun esa ma’rifat va ibrat o‘chog‘idir.

Slide 1 of 8