Новости

Последние новости

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
Byudjet ijrosi va subsidiyalash tartiblari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Qo‘qon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi sektor mudiri M.Azimjonov ishtirokida mahalliy byudjet mablag‘larining ijrosi hamda subsidiyalash tizimiga oid masalalar yuzasidan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida joriy yil mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ularning ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, amaldagi qonunchilik asosida subsidiyalar ajratish tartibi, subsidiyalardan foydalanish mexanizmlari, ularni ajratishda shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda subsidiya olish jarayonlarini soddalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muhokama davomida subsidiya ajratish bilan bog‘liq murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, byudjet mablag‘larining samaradorligini oshirish, hududlarda amalga oshirilayotgan dasturlar ijrosini kuchaytirish hamda davlat moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2