Новости

Последние новости

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
Mahalla raisi faoliyati va hududdagi ijtimoiy masalalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-"Yangi obod" saylov okrugidan saylangan deputat G.Payg‘amova tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi "To‘g‘onboshi" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek hududni obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, "mahalla yettiligi" tomonidan oilabay ishlash tizimi, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda hududda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha fikr almashildi.

O‘rganish davomida hududdagi mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish hamda mahalla faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3