Новости

Последние новости

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
“Jondor” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi

Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Jondor” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda mahallada hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
✔️O‘rganishlar davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish, kasb-hunarga o‘qitish hamda daromadli mehnat bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, saylovchilar bilan muloqot davomida ularning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini yanada oshirish, har bir xonadon bilan manzilli ishlash, ehtiyojmand oilalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
✔️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholini kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan dasturlar ijrosini kuchaytirish va saylovchilarning murojaatlari ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan o‘rganishlar aholi muammolarini joyida hal etish, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash hamda hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3