Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI UCHUN KORREKSION XONALARNI JIHOZLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Mazkur ishlar “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, nogironligi bo‘lgan hamda alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar uchun qulay, xavfsiz va moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan.

Muhokama davomida korreksion xonalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash, o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini inobatga olish, maxsus pedagogik va psixologik yondashuvlar uchun sharoit yaratish hamda ta’lim sifati va qamrovini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur jarayon deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida ham tahlil qilinib, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari va mavjud ehtiyojlarni manzilli aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu ishlar “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

✅ Yunusobod tumanida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar uchun munosib sharoit yaratish va ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2