Новости

Последние новости

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 8-Lutfiy saylov okrugi deputati Hidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan 1-Qatortol mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada hokim yordamchilari tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash ishlari holati o‘rganildi.

Mahalla hokim yordamchisining 2026-yil II chorakda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi. Jumladan, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida kredit olish istagida bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur tavsiyalar berilgani hamda kredit mablag‘larini jalb etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb etish va doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aholining daromad manbalarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4