Новости

Последние новости

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
OQTEPA MAHALLASIDA YOSHLARNI TADBIRKORLIKKA JALB ETISH MASALALARI O‘RGANILDI

Mazkur uchrashuv “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, biznes g‘oyalarini amaliyotga joriy etish, imtiyozli kreditlar, subsidiya va boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Deputat Nig‘matilla Usmanov yoshlar bilan muloqot davomida ularning taklif va tashabbuslarini tinglab, mavjud imkoniyatlardan foydalanish, biznesni boshlashda zarur maslahat va ko‘mak olish hamda tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Shuningdek, mahalla mas’ullari bilan birgalikda tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlarni aniqlash, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

✅ Oqtepa mahallasida yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4