Новости

Последние новости

Amir Temur mahallasi faoliyati o‘rganildi

Amir Temur mahallasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mudiri A. Avliyakulov hamda deputatlar A. Abdullayev va T. Berdiyarovalar Amir Temur mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud sharoitlar bilan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, infratuzilma holati hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan mahalladagi ishlar yuzasidan axborot berilib, aniqlangan ayrim masalalar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, deputatlar mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

Slide 1 of 4