Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Jasurbek Quryazov Sharlauq mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori va mahalla yettiligi hamkorligida olib borilayotgan ishlar, aholi bilan tizimli muloqotlar ijobiy natija berayotgani qayd etildi.
Joriy yil davomida mahallada oilaviy, yo‘l-transport hamda bezorilik bilan bog‘liq jinoyatlar qayd etilmagan.
Shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Mahallada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida hamkorlikni davom ettirish belgilandi.