Новости

Последние новости

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
Deputat fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Abdixayomova tumanning “Markaziy” mahalla raisi bilan uchrashib mahallada fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, ularni o‘z vaqtida va qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔺Suhbat jarayonida mahalla raisi tomonidan aholidan kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy yo‘nalishlari, ularni hal etish mexanizmlari hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, ichki yo‘llar va infratuzilmaga oid masalalar bo‘yicha murojaatlar tahlil qilinib, ularning ijrosini ta’minlash choralari ko‘rib chiqilayotgani ta’kidlandi.

🔺Shuningdek, uchrashuvda mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida nazoratni kuchaytirish hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Bu borada “mahalla yettiligi”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Deputat tomonidan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan muloqotlarni muntazam tashkil etish, muammolarni erta aniqlash va ularni hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1