Новости

Последние новости

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
Mahallada xotin-qizlar va aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi

Qo‘qon shahridagi “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov, xotin-qizlar faoli S.Maxmudova hamda ijtimoiy xodim M.Yusupova ishtirokida aholi bilan uchrashuv va tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Tadbir davomida xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy totuvlikni mustahkamlash, oilaviy nizolarning oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolarga jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, yoshlarni turli salbiy holatlardan asrash hamda mahallada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida aholi vakillariga yer va mol-mulk soliqlarini o‘z vaqtida to‘lash har bir fuqaroning qonuniy burchi ekanligi tushuntirildi. Soliq to‘lovlarini o‘z muddatida amalga oshirish hudud infratuzilmasini rivojlantirish va mahallalarni obod qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mahalla hayotiga oid taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Bu kabi uchrashuvlar aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1