Новости

Последние новости

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
SEVINCH MAHALLASIDAGI BOLALAR O‘YINGOHI HOLATI O‘RGANILDI 👇👇👇👇

O‘rganish davomida mazkur bolalar maydonchasi bugungi kun talablari darajasida emasligi, ayrim o‘yin qurilmalarining eskirgani, hududda obodonlashtirish va jihozlash ishlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Mazkur holat bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy rivojlanishi hamda xavfsizligini ta’minlash borasida muayyan noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
O‘rganish ishlari “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, №O‘RQ-394da belgilangan vazifalar, xususan, aholining jismoniy faolligini oshirish, bolalar va yoshlar uchun xavfsiz hamda qulay sharoitlar yaratish maqsadlariga hamohangdir.

Shuningdek, bolalar o‘yingohini ta’mirlash, mavjud qurilmalarni yangilash, hududni obodonlashtirish hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish choralari ko‘rilishi belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4