Новости

Последние новости

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
Nurafshon mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Nurafshon mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar va amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada barpo etilgan zamonaviy piyodalar yo‘lakchalari, o‘rnatilgan tungi yoritish chiroqlari hamda fuqarolarning dam olishi uchun tashkil etilgan qulay o‘rindiqlar ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlar mahalla aholisining kundalik hayotida qulaylik yaratish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash va hududning obod qiyofasini shakllantirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, 25-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan ham tanishilib, qurilish jarayonlarining borishi, ishlar sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalari muhokama qilindi.

Mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, hududni yanada obod va zamonaviy maskanga aylantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Nurafshon mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari aholi turmush farovonligini oshirish, qulay hamda xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5