Новости

Последние новости

Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi

Fuqarolar qabulidan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati S.Xodjayeva “Do‘stlik” mahallasi xotin-qizlar faolining bugungi kundagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, tahliliy o‘rganish o‘tkazdi.

🔅Tahlil jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

▶️“Ayollar daftari”: Ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash holati va ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar natijadorligi;

▶️Oila barqarorligi: Mahalladagi notinch va muammoli oilalar bilan olib borilayotgan profilaktik suhbatlar hamda ajrimlarning oldini olish choralari;

▶️Bandlik va tadbirkorlik: Ayollarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash borasidagi loyihalar ijrosi.

💬 O‘rganish davomida faoliyatda aniqlangan ayrim sustkashliklar va kamchiliklar yuzasidan Kengash raisi D.Normuradova tomonidan tanqidiy fikrlar bildirildi. Ish samaradorligini oshirish, aholi bilan manzilli ishlash va xotin-qizlar muammolariga yuzaki yondashmaslik bo‘yicha aniq tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2