Новости

✔️ DEPUTATLIK SO‘ROVI QANOATLANTIRILDI.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvaxabovich tomonidan “Al-Xorazmiy” hamda “Bek to‘pi” mahallalaridagi ko‘p qavatli uylarning issiq suv ta’minotida kuzatilayotgan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
https://t.me/c/1232280918/7469

Mazkur deputatlik so‘rovi asosida mutasaddi tashkilotlar tomonidan hududda o‘rganish ishlari olib borilib, mavjud nosozliklar bartaraf etildi. Xususan, issiq suv haroratining pastligi bilan bog‘liq muammolar tegishli xizmatlar tomonidan amaliy choralar ko‘rish orqali hal etildi.

Bugungi kunda mazkur hududdagi ko‘p qavatli uylarning issiq suv ta’minoti barqaror faoliyat yuritmoqda. Aholi murojaatlari ijobiy hal qilinib, deputatlik so‘rovi qanoatlantirildi, ijrosi ta’minlandi.

Slide 1 of 2