Новости

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

 Xalq
deputatlari Bekobod shahar Kengashining 25-Navro‘z saylov okrugi O‘zXDP deputati J. Usmonaliyev tomonidan Navro‘z MFY hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, hisobot davrida 1 nafar fuqaroga subsidiya ajratilgan, 12 nafar fuqaro kredit mablag‘lari bilan qo‘llab-quvvatlangan. Shuningdek, 160 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lsa, 25 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, 15 nafar fuqaro mavsumiy ishlarga jalb etilgan hamda 8 nafar fuqaroga kasb-hunar yo‘nalishlarida o‘quv kurslari tashkil etilib, ularning bandligini oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan. O‘rganish davomida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, kelgusidagi vazifalar bo‘yicha tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2