Новости

Последние новости

17-Ayritom saylov okrugidagi bog‘chada qurilish ishlari o‘rganildi:

17-Ayritom saylov okrugidagi bog‘chada qurilish ishlari o‘rganildi:

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov tomonidan Ayritom MFY hududidagi 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

Mazkur hudud 17-Ayritom saylov okrugi deputati M.Shernayevga tegishli bo‘lib, o‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan tartibda davom etayotgani, jarayonda muammolar mavjud emasligi qayd etildi.

Shuningdek, muassasadagi ichki jihozlar ham zamonaviy va yangi jihozlarga almashtirilayotgani ta’kidlandi. Olib borilayotgan ishlar kelgusida tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6