Новости

Последние новости

янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#deputat #deputatsoraw Deputat sorawı nátiyje bermekte.
янв.21
#detutatiskerligi #qararlarorinlaniwi Qarardıń orınlanıwı ámelde.
янв.21
Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesinde ótken hápte jumısları analızlendi hám  baslanıp atırǵan háptedegi wazıypalar belgilendi.
янв.21
#háptelik #isreje Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesi tárepinen 2026-jıl 18-22-may kúnleri aralıǵında aymaqlarda tómendegi is-ilájlar rejelestirilgen:
янв.21
#DAYJEST
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#detutatiskerligi #qararlarorinlaniwi Jańa jollar qurılmaqta.
Murojaat ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yechim topishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Avval xabar qilinganidek, shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov tomonidan B.Marg‘iloniy mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganilgan edi. O‘rganish jarayonida mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar ishtirokida mavjud muammo atroflicha muhokama qilinib, uni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilangan.

Bugungi kunda ushbu murojaat ijobiy yechim topib, Yo‘l harakatini tashkil etish maxsus montaj-ekspluatatsiya boshqarmasi xodimlari tomonidan hududda piyodalar o‘tish yo‘laklarini chizish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur amaliy ishlar fuqarolar murojaatlari deputatlar tomonidan qat’iy nazoratga olinayotgani, aholi xavfsizligi va qulayligini ta’minlash borasida tezkor choralar ko‘rilayotganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan aholini qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularni ijobiy hal etishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5