Новости

Последние новости

янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#deputat #deputatsoraw Deputat sorawı nátiyje bermekte.
янв.21
#detutatiskerligi #qararlarorinlaniwi Qarardıń orınlanıwı ámelde.
янв.21
Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesinde ótken hápte jumısları analızlendi hám  baslanıp atırǵan háptedegi wazıypalar belgilendi.
янв.21
#háptelik #isreje Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesi tárepinen 2026-jıl 18-22-may kúnleri aralıǵında aymaqlarda tómendegi is-ilájlar rejelestirilgen:
янв.21
#DAYJEST
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#detutatiskerligi #qararlarorinlaniwi Jańa jollar qurılmaqta.
DEPUTAT TOMONIDAN RASMIY MUNOSABAT

 Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati B.Hamraqulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pokiston Islom Respublikasiga tashrifi bo‘yicha munosabat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pokiston Islom Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi mamlakatimiz tashqi siyosatining izchil, ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlikka qaratilganligini yana bir bor tasdiqladi.


Ushbu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yangi bosqichga olib chiqish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Ayniqsa, Pokiston
orqali Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyatlarining muhokama qilinishi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega.


Shuningdek, tashrif doirasida mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik va xalqaro muammolar yuzasidan o‘zaro fikr almashilgani ikki davlatning tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi umumiy maqsadlarini namoyon etadi.


Deputat sifatida ushbu tashrifni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim va o‘z vaqtida tashlangan qadam, deb baholayman.