Новости

📍 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati N.Abduroziqova tomonidan Shirinobod mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

❗️Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynayotgan muammolar, ijtimoiy masalalar, ichki yo‘llar holati, kommunal xizmatlar sifati hamda hududni obodonlashtirishga oid taklif va murojaatlar tinglandi.

📌Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.

✅Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini eshitish hamda muammolarni joyida o‘rganish bunday uchrashuvlarning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Slide 1 of 1