Новости

Mahallada tadbirkorlar faoliyati deputat e’tiborida

✍️Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati D.Mardonova hamda Yoshlar maslahati guruhi a‘zosi Sh.Uralov tomonidan Sharof Rashidov mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.

❇️ O‘rganish jarayonida tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilinib, ish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari hamda mavjud muammolari tahlil etildi.

❇️Tadbirkorlar asosan infratuzilma, elektr ta’minoti barqarorligi, kredit olish imkoniyatlari va hujjatlashtirish jarayonlariga bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

❇️Deputat ushbu muammolarni tizimli hal etish yuzasidan tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilishini ta’kidladi.

✅ Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.

❇️O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 2