Новости

“Zartepa” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

“Zartepa” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev o‘ziga biriktirilgan deputat U. Xoshboqov bilan birgalikda “Zartepa” mahallasida bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, baliq ko‘li tashkil etish orqali faoliyat yuritayotgan tadbirkorning ish jarayoni, yaratilgan sharoitlar hamda kelgusidagi rejalari o‘rganildi. Suhbat davomida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va faoliyatni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#U_Xoshboq #J_Donayev

Slide 1 of 5