Новости

#_Deputat_faoliyati Sariosiyo tumani “Niholzor” mahallasida jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

#_Deputat_faoliyati

Sariosiyo tumani “Niholzor” mahallasida jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati S.Qosimov, tuman IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulovlar “Niholzor” mahallasini jinoyatlardan holi hududga aylantirish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mahalla faollari, fuqarolar, o'qituvchilar ishtirok etdilar. 

️Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-2-son qarorlarining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va majburiyatlari yuzasidan tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda aholi murojaatlarini manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilarga mahallada huquqbuzarlikni oldini olish, ayniqsa kiber jinoyatchilik, giyohvandlik, yashirin iqtisodiyot jinoyatlariga qarshi kurashish hammamizni burchimiz ekanligi ta'kidlab o'tildi. "O'z uyingni o'zing asra!" shiori ostida mahallada amaliy ishlarni bajarish va tungi navbatchilikni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3