Новости

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati

Aholi muammolari o‘rganildi: infratuzilma va sug‘orish masalalari diqqat markazida

🔹Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati D.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi D.Mirzayevalar tomonidan Bo‘ston okrugida o‘rganish ishlari olib borildi. Hududdagi mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

🔹Ko‘chalarda asfaltlashtirish ishlari talab darajasida emasligi, shuningdek, ko‘cha yoritish tizimida kamchiliklar mavjudligi ta’kidlandi. Bu esa aholiga qo‘shimcha noqulayliklar tug‘dirmoqda.

🔹Fuqarolar tomonidan sug‘orilishi lozim bo‘lgan yerlarga o‘z vaqtida suv yetkazib berilmayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi. 

🔹O‘rganish yakunida ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so’rovi yuborish rejalashtirildi.

Slide 1 of 7