Yoshlar bilan ochiq muloqot 🤝
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov shahrimizda yoshlar bilan ochiq va yuzma-yuz muloqotlar tashkil etmoqda.
Mazkur uchrashuvlarda tadbirkorlik qilish istagidagi, ish izlayotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning muammolari tinglanib, ularni joyida ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumki, mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan bo‘lib, ayni kunlarda ushbu tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Hozirda Andijon shahrida mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida belgilangan hududlarda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganilmoqda va amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.