Новости

Последние новости

янв.21
Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesi tárepinen 2026-jıl 6-aprel - 10-aprel kúnleri aralıǵında aymaqlarda tómendegi is-ilájlar rejelestirilgen:
янв.21
Jańa awıllıq shıpakerlik punkti xalıq xızmetinde.
янв.21
Insan sociallıq xızmetler tárepinen xalıqtıń sociallıq járdemge mútáj kategoriyalarına kórsetiletuǵın xızmettiń sapalı shólkemlestiriliwi úyrenildi.
янв.21
Jollardan paydalanıw búgingi kúnnin áhmiyetli máseleleri.
янв.21
Máhalle infrastrukturası jaqsılanbaqta.
янв.21
Xalıqqa óz waqtında sapalı medicinalıq járdem kórsetiliw barısı úyrenildi.
янв.21
Deputat máhalle mashqalaların sheshiwde.
янв.21
“Jasıl mákan” ulıwmamilliy joybarı ámelde.
янв.21
Қорақалпоғистон Республикасидаги Халқ депутатлари туман ва шаҳар Кенгашларининг ижтимоий тармоқлардаги расмий саҳифалари:
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
2026-yil 25-mart kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Andijonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining axborot maydonidagi faoliyati kuchaytirilmoqda.

2026-yil 25-mart kuni Andijon shahar hokimligida “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi 🏛️📱

Seminar Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida tashkil etildi 🤝. Unda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mutaxassislari hamda mahalliy OAV vakillari faol ishtirok etdilar 🧑‍💼📰

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash 🔍, deputatlar va xalq o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish 🗣️, shuningdek amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish orqali fuqarolarning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi ✅

Seminarda ta’kidlanganidek, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar oddiy axborot kanali chegarasidan chiqib 🚀, davlat organlarining xalq bilan samarali muloqot olib borishi hamda ochiqlik va ishonchni mustahkamlashda muhim vositaga aylangan 🌐

Shu bilan birga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mahalliy Kengashlarga keng vakolatlar berilgan bo‘lsa-da 📊, axborot-targ‘ibot tizimining yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani fuqarolarning deputatlarga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir qilayotgani qayd etildi ⚠️

Seminar davomida:
🔹 Mahalliy Kengashlarning rasmiy sahifalarini yuritish
🔹 Ularga qo‘yiladigan zamonaviy talablar
🔹 Deputatlik so‘rovlari, sessiyalar va komissiya yig‘ilishlarini yoritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi 📝

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri axborot siyosatini yuritish Kengash nufuzini oshirishi ⭐, fuqarolar ishonchini mustahkamlashi 🤲 hamda ochiq davlat boshqaruvini rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi

Umuman olganda, bu kabi tadbirlar mahalliy Kengashlar faoliyatida shaffoflik va legitimlikni ta’minlash 🔐, axborot maydonidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish 📢 hamda samarali kommunikatsiya tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi

Seminar yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan aniq takliflar va amaliy tavsiyalar ilgari surilib 💡, yaqin istiqbolda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi 🎯 

Slide 1 of 6