🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati B. Jo‘rayev tomonidan hududdagi kutubxona faoliyati va uning bugungi kundagi holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib monitoring ishlari olib borildi.
🔹Tashrif davomida kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda axborot-resurs xizmatlari holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, kitobxonlar uchun qulay muhit yaratish, zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash va yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Mazkur o‘rganish ishlari hududda kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.